“Chorvoq”da skuter uchayotgan odam cho‘kib kettimi? FVV javob berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi "Chorvoq" suv omborida skuter minayotgan dam oluvchi cho‘kib ketgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan FVV Matbuot kotibi Murod Sodiqov QALAMPIR.UZ'ga ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, shu yerga dam olish uchun kelgan fuqaro skuterni boshqarayotgan vaqtda o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan. Fuqaroning ustida suvda cho‘kmaydigan jileti bo‘lgan va u qirg‘oqqa suzib chiqqan. 

Suvda qolgan skuter boshqa bir skuter yordamida tortib, qirg‘oqqa olib kelingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Chorvoq

Baholaganlar

619

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing