Chiroqchiliklar bir kunda 16 soat chiroqsiz yashayotgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida odamlar kuniga 12-16 soat elektr energiyasisiz yashashga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda hududda maxsus o‘rganishlar olib borgan O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xabar berdi.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining joylarda amalga oshirilgan elektr energiyasi va undagi uzilishlar yuzasidan monitoring ishlari davomida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida kuniga 12-16 soatgacha elektr tarmoqdan rejasiz uzilish holatlari kuzatilgan. Oqibatda aholi tomonidan haqli e’tiroz va noroziliklar ko‘paymoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi iste’molchilarni haq huquqlari buzilish holatlarini yuzaga keltirgan “Hududiy elektr tarmoqlari” bo‘yicha sudga da’vo a’rizalarini kiritib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p elektr energiyasidan uzilayotgani ma’lum bo‘lgandi. Unda Qashqadaryo viloyatida 6 soatgacha elektr energiyasi berilmayotgani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Chiroqchi

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing