Chiroqchida YPX avtomobili Lacetti bilan to‘qnashdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 17 avgust kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ikkita Lacetti rusumli avtomobil to‘qnashdi. Ulardan biri Yo‘l-patrul xizmati avtomobili bo‘lgan.

YTH soat 15:30 larda tumandagi “Ko‘kdala” MFY, Xushali qishlog‘i hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida yuz bergan. YHXB xodimi E.Aliqulov boshqaruvidagi Lacetti rusumli maxsus xizmat avtomobili hamda haydovchi, 1968 yilda tug‘ilgan Sh.G. boshqaruvidagi yana bir Lacetti rusumli avtomobil to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Chiroqchi tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

211

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing