Chirchiq prokurori Bosh prokuraturaga “ko‘tarildi”
Jamiyat
−
28 yanvar 2021 17879 1 daqiqa
Chirchiq shahri prokurori Baxtiyor Ibrohimov Bosh prokuraturaning boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu ma’lumotni Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.
Baxtiyor Ibrohimov Bosh prokuraturaning Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosar etib tayinlangan.
U faoliyati davomida Toshkent shahar prokuraturasi, Bosh prokuraturada turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, Chirchik shahar prokurori, Jizzax hamda Buxoro viloyatlari prokurori o‘rinbosari bo‘lgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr