Jizzaxga yangi prokuror tayinlandi

Jamiyat

image

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Toyirjonovich Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtiyor Ibrohimov tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Bungacha sobiq adliya katta maslahatchisi Toshkent shahar prokuraturasi, Bosh prokuraturada turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, Chirchik shahar prokurori, Jizzax hamda Buxoro viloyatlari prokurori o‘rinbosari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 53-yalpi majlisida qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev lavozimga qayta tayinlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax Baxtiyor Ibrohimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing