Chirchiqda vagon ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi
3-sahifa
−
11:32 2971 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida poyezd vagoni ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan 17 yoshli bolani tok urdi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Shifokorlar tomonidan berilgan ma’lumotlarda qayd etilishicha, holat joriy yilning 1 aprel kuni Chirchiq shahrida qayd etilgan. 2009 yilda tug‘ilgan bola do‘stlari bilan birgalashib, Chirchiq shahrida joylashgan Bo‘zsuv temiryo‘l stansiyasidagi vagonlarning birini ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan.
Kutilmaganda esa elektr tizimi kuchlanish sabab 17 yoshli bolani dahshatli darajada to‘k urgan. Shifokorlar tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yigit tanasining 85 foiz qismi kuyish jarohatini olgan.
Hozirda bemorga intensiv davo choralari olib borilmoqda. Shifokorlarning aytishicha, bemorning ahvoli yaxshilanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanida vagon ustida selfiga tushmoqchi bo‘lgan ikki bolani elektr toki urgandi.
Live
Barchasi