Chirchiqda o‘quvchilar maktab binosi olib qo‘yilgani sabab darsga borolmayaptimi? Rasmiy izoh berildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi maktab Prezident maktabiga aylantirilgani, mahalliy aholi farzandlari boshqa hududdagi maktabga majburiy tarqatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, O‘rta Chirchiq tumani “Taraqqiyot” mahallasidagi 20-sonli umumta’lim maktabi tuman hokimining qarori asosida tugatilgan. Bino tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga aylantirilgan.

Ushbu maktabdan 1 km uzoqlikda 49-maktab joylashgan. Hozirda o‘quvchilar shu maktabga ko‘chirilgan. Videodan ko‘rish mumkinki, ota-onalar maktab o‘quvchilarga uzoqligidan shikoyat qilishgan. Tuman hokimi Ixtiyor Qosimov esa aholiga o‘quvchilarning maktabga qatnashi uchun avtobus ajratilishini ma’lum qilgan.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari esa o‘qishni avvalgi binoda davom ettiradi.

“Joriy yil tuman investitsiya dasturi doirasida “Taraqqiyot” mahallasi uchun alohida maktab binosi qurilishi rejalashtirilgan. Viloyat hokimining topshirig‘i bilan tuman hokimi Ixtiyor Qosimov, viloyat hokimining matbuot kotibi Behzod Qobulov joyiga chiqib, aholi bilan uchrashdi. Ota-onalarga holat bo‘yicha tushuntirish berildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

maktab O'rta Chirchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing