Chirchiqda daydi hayvonlarni ovqatlantirgani uchun jazolangan ayol uyidan o‘lik holda topildi

3-sahifa

image

Chirchiq shahrida ko‘p qavatli uy oldida daydi it va mushuklarni oziqlantirgan ayol javogarlikka tortildi bir muddat vaqt o‘tgach uyidan o‘lik holda topildi. Bu haqda Chirchiq shahar hokimligi xabar qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro N.S.ning daydi mushuklarni ovqatlantirgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgani hamda oradan bir necha kun o‘tib vafot etgani yuzasidan turli talqin va izohlar tarqaldi. Hokimlik matbuot xizmati mazkur holatga rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlarda voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ayrim ma’lumotlarda keltirilganidek bir tomonlama emasligi aniqlangan.

Hokimlikka ko‘ra, fuqaro N.S. bir necha yil davomida ko‘p qavatli uy hovlisi va kirish yo‘laklarida daydi it hamda mushuklarni muntazam ovqatlantirib kelgan. Natijada hududning sanitariya holati yomonlashib, ko‘p q uyda istiqomat qiluvchi fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, mahalla fuqarolar yig‘ini hamda hududiy profilaktika inspektori tomonidan fuqaro bilan bir necha bor profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilgan va rasman ogohlantirilgan. Biroq, ogohlantirishlarga qaramay, mazkur harakatlar davom ettirilgan.

Shundan so‘ng ushbu xonadonda yashovchi fuqarolar jamoaviy ravishda mahalla raisiga murojaat qilib, holatni tasdiqlovchi videoyozuvlarni taqdim etgan hamda qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Mazkur murojaatlar asosida Chir shahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektori tomonidan 2026 yil 26 iyun kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 110-moddasi (hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish)ga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Axborotda bildirilishicha, 2026 yil 22 iyul kuni volontyorlar N.S.ning holidan xabar olish maqsadida uning xonadoniga borgan. Eshik ochilmagani sababli bu haqda mahalla raisiga xabar berilgan va Favqulodda vaziyatlar xizmati jalb qilingan. Xonadon eshigi ochilgach, fuqaroning vafot etgani aniqlangan.

Hokimlikka ko‘ra, surishtiruv davomida N.S.ning yoshi bilan bog‘liq salomatlik muammolari mavjud bo‘lgani hamda uzoq vaqt davomida davolanib kelgani ma’lum bo‘lgan.

“Shu munosabat bilan jamoatchilikdan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan tasdiqlanmagan yoki bir tomonlama talqin qilingan ma’lumotlarga emas, balki rasmiy manbalar taqdim etayotgan xolis va ishonchli axborotlarga tayanish so‘raladi”. deyiladi rasmiy munosabatda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahongir Mirzo taxallusi bilan ijod qiluvchi yosh shoir va yozuvchi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi Jahongir Nomozov o‘z uyida o‘lik holda topilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing