Yosh shoir Jahongir Nomozov o‘z uyida o‘lik holda topildi

3-sahifa

image

Jahongir Mirzo taxallusi bilan ijod qiluvchi yosh shoir va yozuvchi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi Jahongir Nomozov o‘z uyida o‘lik holda topildi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, u o‘z joniga qasd qilgan. 

Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ bilan suhbatda Jahongir Nomozovning o‘limini tasdiqladi.

Uning qayd etishicha, hodisa kecha, 15 aprel kuni Namangan viloyati Pop tumanida sodir bo‘lgan. Tuman IIBning soat 15:30 larda bergan xabariga ko‘ra, shu kuni soat 13:00 larda, Pop tumani, “Pop” MFY, Obod 2 ko‘chasi, 157-uyda yashagan, 1997 yil 24 yanvarda tug‘ilgan, fuqaro Nomozov Jahongir Furqat o‘g‘li, ruhiyatidagi o‘zgarishlar sababli o‘z harakatlarining mohiyatini anglay olmasdan, yashash xonadonidagi hammomning to‘siniga arqondan sirtmoq yasab, bo‘yin sohasidan o‘zini-o‘zi osib, voqea joyida vafot etgan.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Pop tuman bo‘linmasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, Jahongir Nomozovning o‘limi – bo‘yin a’zolarini sirtmoqda qisilishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi, bo‘yin sohasida strangulyatsion egatdan tashqari boshqa tan jarohatlari aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jahongir Nomozov zamonaviy o‘zbek ijodkori bo‘lib, u xalqaro adabiy aloqalarni rivojlantirishda faol jurnalist, shoir va tarjimon edi. 

U Turkiyaning “Şiir Sarnıcı” turk adabiy jurnalining O‘zbekistondagi rasmiy vakili, “Juntos por las Letras” – Xalqaro yozuvchilar guruhining O‘zbekiston bo‘yicha koordinatori, World Talents (Qozog‘iston) xalqaro assotsiatsiya a’zosi va "Abay" medali sohibi edi. 

Uning she’rlari ingliz, ozarbayjon, turk va boshqa tillarga tarjima qilingan.

Uning "Dream" (Tush) va "Song of Belief" (Ishonch qo‘shig‘i) kabi she’rlari xalqaro antologiyalarda va adabiy portallarda (masalan, The Lingo Lexicon) e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi Jahongir Nomozov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing