Chirchiqda ammiak sexida portlash bo‘lgan. Voqea joyiga vazir boshliq komissiya chiqdi
3-sahifa
−
04 Oktabr 2022
8564Avvalroq Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “MAXAM CHIRCHIQ” AJ korxonasining sintez sexida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Energetika vaziri Jo‘rabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudov boshchiligidagi komissiya a’zolari Chirchiq shahridagi portlash bo‘lgan korxonaga yetib bordi. Bu haqda “O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, portlash “Maxam Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo‘linmasida yuz bergan. Natijada sexning sintez kolonnasida yong‘in kelib chiqqan.
Hodisa oqibatida ishchi xodimlar va korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar yetmagan. Yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.