Farzandining o‘limiga sababchi bo‘lgan ona qamoqqa olindi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida onasi tomonidan ayovsiz kaltaklangan 4 yoshli qiz vafot etgani xabar qilingandi. Mazkur holat yuzasidan marhuma qizning 1977 yilda tug‘ilgan ayol onasi E.Y.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘ining matbuot kotibi Bobur To‘laganov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, hozirda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2024 yilning 23 dekabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasiga 2020 yilda tug‘ilgan qiz Y.M. tanasidagi turli jarohatlar bilan qabul qilingan. Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida 47 yoshli ayol 4 yoshli qizini qattiq kaltaklab, tan jarohati yetkazgani aniqlangan. Tibbiyot xulosasiga ko‘ra, bolada bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi og‘ir darajasi va bosh sohasidagi boshqa og‘ir jarohatlar qayd etilgan.

2024 yil 27 dekabr kuni holat yuzasidan Toshkent viloyati Chirchiq shahar IIB  tomonidan E.Y ga nisbatan Jinoyat kodeksining 1261-moddasi 7-qismi “b” bandi (oilaviy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bolalar ombudsmanining ma’lum qilishicha, tergov vaqtida jinoyat natijasidagi oqibat o‘zgargani, ya’ni jabrlanuvchining o‘limi fakti jinoyatga huquqiy baho berish jarayoniga ta’sir qiladi – og‘irroq jazoni ko‘zda tutuvchi qismga qayta malakalash lozim bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Chirchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing