Chinozda 15 yoshli bola o‘z joniga qasd qildi 

3-sahifa

image

Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida voyaga yetmagan 15 yoshli bola o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu kuni taxminan soat 14:10 larda Chirchiq shahrining “Ximposelok” MFYdagi xonadonda doimiy ro‘yxatda turgan 2009 yilda tug‘ilgan A.O. vaqtinchalik yashash manzili bo‘lgan Chinoz tumani “Sutchilar” MFYdagi xonadonining molxonasi ustuniga arqondan sirtmoq yasab, o‘z joniga qasd qilib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 28 dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi xodimi uyi yaqinidagi omborxona shift qismining yog‘och to‘siniga bo‘yin sohasidan arqon bilan o‘zini-o‘zi osib, o‘z joniga qasd qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chinoz Chirchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing