Chimkent hokimi o‘rinbosari hibsga olindi

Olam

image

Bugun, 20 iyul kuni Chimkent shahri hokimining o‘rinbosari Maqsut Isoxov qo‘lga olindi. U korrupsiyada gumon qilinmoqda. Ma’lumotni Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati tasdiqlagan.  

MXQ ma’lumotlariga ko‘ra, 20 iyul kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi prokuratura bilan kelishilgan holda Chimkent shahar hokimining o‘rinbosari Maqsut Isoxovni korrupsiyada gumon qilib, hibsga olgan.  

“Ushbu fakt bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda va barcha zarur tergov-tezkor tadbirlari amalga oshirilmoqda. Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq, tergov manfaatlariga daxldor boshqa ma’lumotlar oshkor etilishi shart emas”, deyiladi MXQ xabarida.

Chimkent shahar hokimligi rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, Maqsut Isoxov 1974 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, mutaxassisligi qishloq xo‘jaligi sohasida iqtisodchi-tashkilotchi.  

2020 yil fevralida Chimkent shahri hokimi o‘rinbosari etib tayinlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Chimkent shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing