Chilonzordagi daraxtkushlik bo‘yicha Toshkent Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i hibsga olindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i F.D. Chilonzor tumanida 58 tup daraxt kesib tashlangani bo‘yicha hibsga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

BP ma’lumotiga ko‘ra, F.D. Toshkent shahar Ekologiya va atrofni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelib, asosiy vazifasi ekologiya va atrofni muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish kerak bo‘lgan holda, o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, go‘yoki daraxtlarni ko‘chirishga ruxsat berganligi vaji bilan ularni nobud qilinishiga sharoit yaratib bergan.

Kecha, 9 sentyabr kuni Jinoya kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida 58 tup manzarali va mevali daraxtlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiq borligiga qaramay xususiy quruvchi kompaniyai tomonidan ildizi bilan kesib tashlangandi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi daraxtlar kesilishi oqibatida tabiatga 797 700 000 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan deb baholadi. Bosh prokuratura quruvchi tashkilot rahbari tabiatga yetkazilgan 797,7 mln so‘m zararni to‘liq qoplaganini ma’lum qildi.

Holat bo‘yicha quruvchi tashkilot mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

daraxt

Baholaganlar

223

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing