Chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish uchun utilizatsiya yig‘imi joriy qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Hujjat bilan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

1) 33-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:

“ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar sog‘lig‘ini va atrof-muhitni g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotganidan keyin hosil bo‘ladigan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish uchun utilizatsiya yig‘imi (bundan buyon matnda utilizatsiya yig‘imi deb yuritiladi) undirishni”;

uchinchi – o‘n birinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi – o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblanadigan bo‘ldi;

2) 34-modda:

birinchi qismi “boshqa majburiy to‘lovlardan” degan so‘zlardan keyin “utilizatsiya yig‘imidan” degan so‘zlar bilan to‘ldirildi;

quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi qism ham kiritildi:

“Utilizatsiya yig‘imi summalari daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushadi”;


Maqola muallifi

Teglar

utilizatsiya chiqindi

Baholaganlar

16

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing