Chet elliklar O‘zbekistonga asosan nima maqsadda kelgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari soni 6 mln 55 ming 300 kishini (Respublikaga kelgan va ketganlarning umumiy sonida bir kishi bir necha marta hisoblanishi mumkin va bu alohida xolat sifatida hisobga olingan) tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29,8 foizga ortgan.

2019 yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining 54,1 foizi (3 mln 273,1 ming kishi) erkaklar, 45,9  foizi (2 mln 782, 2 ming kishi) ayollarni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy safar maqsadlari bu qarindoshlarni yo‘qlash - 67,3 foiz bo‘lgan. Chet elliklarning 12 foizi sayyohlik uchun, 10,5 foizi tranzit maqsadida, 0,7 foizi davolanish, 0,7 foizi ishlash, 0,7 foizi doimiy yashash, 0,6 foizi xizmat yuzasidan va tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

2019 yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining yoshi bo‘yicha taqsimlanishidan ko‘rish mumkinki, ularning 52,1 foizi – 31-55 yoshlilar, 21 foizi – 19-30 yoshlilar, 17,9 foizi – 55 yosh va undan kattalar, 9 foizi – 0-18 yoshlilar tashkil etdi.


Maqola muallifi

Teglar

statistika xorijlik

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing