Chet elliklar bilan nikohdan o‘tganlarga soliq solinishi mumkin
Olam
−
06 aprel 2023
9412Qozog‘istonda chet elliklar bilan nikohdan o‘tgan shaxslarni soliqqa tortish masalasini parlamentda ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yilda Qozog‘iston prezidentligiga nomzodini qo‘ygan deputat Karakat Abden o‘tgan yili ilgari surgan g‘oyasidan voz kechmagan. U Qozog‘istonda chet elliklar bilan turmush qurganlarga soliq solish kerak deb hisoblaydi. Ushbu masala mamlakat parlamentida ham muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.
Karakat Abden o‘tgan yili prezidentlik saylovlaridan oldingi teledebat jarayonida an’analarni saqlash uchun chet elliklarga turmushga chiqadigan qozog‘istonlik qizlarning ota-onasini soliqqa tortishni taklif qilgandi.
“Qizlarimiz bizning boyligimiz, ularni chet elga qanday beramiz?! Xorijga turmushga chiqmoqchi bo‘lganlarga og‘ir soliq solishni taklif qilaman”, degan edi u o‘shanda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda viloyatlarning sovetcha nomidan voz kechish taklif qilingandi.
Nodirjon Madaminov
LiveBarchasi