Qozog‘istonda viloyatlarning sovetcha nomidan voz kechish taklif qilindi
Olam
−
01 mart 2023
6294Qozog‘istonda bir necha viloyatning sovetcha nomlarini qozoqcha muqobiliga o‘zgartirish taklif qilindi. Bu haqda Ulitau viloyati hokimi Berik Abdigaliuli “Ulitau o‘lkasining ma’naviy rivojlanishi” konferensiyasida ma’lum qildi.
“Sho‘rolar davridan beri viloyatlarga ma’muriy nom berish an’anasi bor. Bunday nomli viloyatlar hali ham bor”, deydi Abdigaliuli.
U Pavlodar viloyatini Bayanauil, Shimoliy Qozog‘iston viloyatini Qiziljar viloyati, G‘arbiy Qozog‘iston viloyatini Oqjayik viloyati, Sharqiy Qozog‘iston viloyatini Oltoy viloyati deb o‘zgartirishni taklif qilgan. Hokim bu viloyatlar ming yillik tarixga ega muqaddas yerlar ekanini ta’kidlagan.
U yangi tashkil etilgan Jetisu va Abay (sobiq Olmaota va Semipalatinsk viloyatlari tarkibiga kirgan) viloyatlari qozoqlarning muqaddas yerlari va buyuk shaxs sharafiga nom berilganini eslatib o‘tgan.
Joriy yilning fevral oyida Qozog‘iston hukumati 2025 yilgacha 3 ming aholi punkti va ko‘chalarning mafkuraviy eskirgan nomlari o‘zgarishini e’lon qilgan edi.
Bosh vazir o‘rinbosari Oltoy Kulginov tarixiy shaxslar ro‘yxati tuzilib, yangi nom tanlashda ularning ismidan foydalanilishini aytib o‘tgan.
LiveBarchasi