Chet elga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari koronavirusga qarshi emlanishi majburiymi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston fuqarolari qaysi xorijiy davlatga ketayotgan bo‘lsa, o‘sha mamlakatda o‘rnatilgan talablarga muvofiq koronavirusga qarshi emlanadi yoki emlanmaydi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lum qildi.

“Har bir davlatda belgilagan talab va tartiblariga ko‘ra emlanish kerak, ya’ni siz bormoqchi bo‘lgan davlatning talablarida emlanganlik majburiy deb belgilansa, shunga qarab vaksinatsiya talab etiladi”, dedi Ubaydullayeva.

U, shuningdek, vaksina olishdan bosh tortganlarga nisbatan qanday chora ko‘rilishi haqidagi savolga ham oydinlik kiritdi.

“Bu borada ko‘p ma’lumotlar berib borilmoqda. Ya’ni emlash jarayoni majburiy emas. Biroq, vaksinadan bosh tortishdan avval koronavirus kasalligi bilan kasallangandan keyingi kuzatiladigan asoratlar to‘g‘risida ham o‘ylab ko‘rish kerak, deb hisoblaymiz”, deya ta’kidladi Sevara Ubaydullayeva.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash jarayoniga joriy yilning 1 aprelidan start beriladi. Emlash ishlari dastlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlardan boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant vaktsina Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing