Chet elda o‘zbekistonlik o‘smirning ayovsiz kaltaklangani aytilmoqda (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum kimsa boshqa shaxsni do‘pposlab, unga tan jarohatlari yetkazayotgani tasvirlangan videolavha tarqaldi. Ushbu holat xorijda sodir etilgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda ayni paytda surishtiruv olib borayotgan Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat respublika hududidan tashqarida sodir etilganligi bo‘yicha birlamchi tezkor ma’lumot olingan.

Hozirda departament xodimlari tomonidan xorijiy hamkasblar bilan hamkorlikda videolavhada aks etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, ularning natijasi yuzasidan aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlash choralari ko‘rilishi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik iiv mushtlashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing