Chet elda ishlab kelgan fuqaroga qancha miqdorda pensiya belgilanadi?

Jamiyat

image

Nafaqa bu pensiya emas. Ijtimoiy tarmoqlarda nafaqa va pensiya tushunchalarini ko‘p chalkashtirib yuborishadi. Bu ikki xil narsa. Nafaqa — ish staji yo‘q odamga beriladi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan mablag‘. Pensiyada esa — shu fuqaro faqat pensiya jamg‘armasiga o‘z hissasini qo‘shgandan keyingina, unga pensiya tayinlanadi. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i Abror Xolmatov gapirib o‘tdi.  

“Pensiyalar — yoshga doir pensiya, nogironlik pensiyasi va boquvchisini yo‘qotganlik haqidagi pensiyaga bo‘lingan. Shuni adashtirmaslik kerak”, dedi u.

Abror Xolmatovning ma’lum qilishicha, chet elda ishlayotgan fuqaro ixtiyoriy tarzda jamg‘armaga o‘z hissasini qo‘shsa, qonunchilikda belgilangan miqdorda ijtimoiy soliqlarni o‘tkazgan taqdirda, ushbu fuqaroning ish staji hisoblanadi. Va to‘langan mablag‘laridan kelib chiqib, pensiya miqdori belgilanadi.

“Misol uchun, bir fuqaro chet elda, deylik Rossiyada ishlab keldi. U (erkak) 25 yillik ish stajiga ega. Ijtimoiy sug‘urtalangan ish staji bor. Va bundan tashqari chet elda ishlagan 5 yillik ish staji bor”, dedi Abror Xolmatov.

Ta’kidlanishicha, Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan ixtiyoriy ijtimoiy to‘lov summasining yuqori pog‘onasi belgilanmagan, minimumi belgilangan.

“Fuqaroning o‘zi uchun pensiya ko‘proq kerakmi? Marhamat, pulingiz bormi, 111 ming so‘m emas, 1 mln so‘m to‘lang. Albatta, 1 mln so‘m to‘lagan (chet elda ishlab kelgan) fuqaroning pensiyasi bilan 111 ming so‘m to‘lagan fuqaroning pensiyasi ikki xil bo‘ladi.

Demak, o‘sha fuqaro ish stajini bajarsa, pensiya jamg‘armasiga qancha ko‘p pul o‘tkazsa, bu fuqaroning pensiyasi ham ko‘proq bo‘ladi”, dedi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i Abror Xolmatov.


Maqola muallifi

Teglar

nafaqa pensiya

Baholaganlar

307

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing