Chelyabinskda qarovsiz qolgan 5 bola O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida ota-ona qaramog‘isiz qolgan besh nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2008 yilda tug‘ilgan A.M., 2018 yilda tug‘ilgan Z.O., 2018 yilda tug‘ilgan F.O., 2020 yilda tug‘ilgan I.O. va 2023 yilda tug‘ilgan T.S.ni O‘zbekistonga olib kelish maqsadida Chelyabinsk viloyati Ijtimoiy munosabatlar vazirligi Vasiylik va homiylik ishlarini tashkil etish markazi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazilgan. Uchrashuv davomida tomonlar masalaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqib, Bosh konsulxona xodimi guvohligida voyaga yetmagan fuqarolarni topshirish va qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirgan.

Voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarolari shu yil 11 oktyabr sanasida “Yekaterinburg-Toshkent” aviareysi orqali O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada qarovsiz qolgan 6 bola O‘zbekistonga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelyabinsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing