Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi
Olam
−
21 iyul 5127 1 daqiqa
Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga ishlash uchun borib, moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol Toshkentga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Chelyabinsk viloyatining Kishtim tumanida joylashgan “Russkiye pryaniki” korxonasida vaqtincha ishlash uchun borgan S.A. Bosh konsulxona diplomatlari bilan uchrashuv chog‘ida moddiy tomondan qiyin ahvolda qolgani sababli doimiy yashash manziliga yetib olishi uchun amaliy yordam so‘ragan. O‘tkazilgan suhbat davomida ma’lum bo‘lishicha, u joriy yilning may oyida tashkillashtirilgan tartibda mazkur korxonaga ishga borgan. Uning Chelyabinsk viloyatiga yetib borguniga qadar yo‘l xarajatlari, yotoqxona va boshqa ko‘rinishdagi to‘lovlar ish beruvchi tomonidan amalga oshirilgan.
Ayol vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat beruvchi patentni rasmiylashtirish maqsadida uch marotaba imtihon topshirgan. Ammo rus tilini bilish darajasini beruvchi sertifikatni rasmiylashtira olmagani sababli Rossiyada noqonuniy huquqiy maqomda qolgan.
O‘zbekistonga qaytarish uchun u Yekaterinburg shahriga olib borilgan va vaqtincha boshpana bilan ta’minlangan. Shundan so‘ng, “Yekaterinburg-Toshkent” aviareysi uchun chipta olib berilgan. S.A. 19 iyul kuni ushbu yo‘nalish bo‘yicha doimiy yashash manziliga kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonda og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarilgandi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr