Pokistonda boshpanasiz qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Pokistonda og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

O‘zbekiston fuqarosi mamlakat elchixonasiga murojaat qilib, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgani, vaqtinchalik turarjoy va kundalik ehtiyojlar uchun zarur mablag‘ga ega emasligini ma’lum qilgan.

Fuqaroning murojaati elchixona tomonidan alohida nazoratga olinib, qisqa fursat ichida zarur konsullik-huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilgan.

Unga O‘zbekistonga qaytish uchun tegishli konsullik guvohnomasi rasmiylashtirilgan va elchixona xodimlari hamda homiylar ko‘magida aviachipta xarid qilingan. Fuqaro Islomobod-Toshkent aviareysi bilan mamlakatga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ummonda xorijlik fuqaro bilan shar’iy nikoh asosida yashagan va uyda tutqunlikda saqlangan O‘zbekiston fuqarosi hamda uning farzandlari mamlakatga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing