“Chelsi” va “Barselona” golland himoyachisi uchun kurashga kirdi

Sport

image

"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.  22 yoshli niderlandiyalik futbolchiga Londonning "Chelsi"si va Kataloniyaning "Barselona" klublari da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar De Ligt shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lmasa, "Yuventus" uni sotish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. Matteys va "keksa sinora" o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

"Barselona" De Ligt uchun 75 million yevro taklif qilmoqchi. "Aristokratlar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z jamoasining himoyaviy muammolarini bartaraf etishga intilayotgani sababli, "Chelsi" futbolchi uchun "Yuventus"ga "Barselona"dan ko‘ra ko‘proq summa taklif qilishi mumkin. 

Ma’luot uchun, De Ligt "Yuventus"ga 2019 yilning yozida "Ayaks"dan 85,5 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Hozirda esa "Transfermarkt" portali De Ligtni 65 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsum niderlandiyalik himoyachi Italiya chempionatining 20 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

"Barselona" "Chelsi"

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing