“Chelsi” eng qiyin raqib – Luka Modrich

Sport

image

“Chelsi” “Real Madrid”ning eng kuchli raqiblaridan biridir. Bu haqda “Real” yarim himoyachisi Luka Modrich Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Buni (g‘alabani – tahr.) so‘z bilan ta’riflash qiyin. Biz hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lmagunimizcha musobaqadan tashqarida qolishga yaqin turgan edik. Yomon o‘yin o‘tkazdik, deb ayta olmayman. Ammo “Chelsi” o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalanib, gollar urishga muvaffaq bo‘ldi. Londondagi o‘yindan keyin ham bizga javob uchrashuvida qiyin bo‘lishini bilardik. Men uchun “Chelsi” eng qiyin raqibdir”, degan Modrich.

Ma’lumot o‘rnida, Luka Modrich “Real” va “Chelsi” (2-3) o‘rtasidagi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Lukaning 80-daqiqada Rodrigoga uzatgan to‘pi o‘yinning nazorati “los blankos” tarafga o‘tishiga sababchi bo‘ldi. Xorvatiyalik futbolchi yaqinda 37 yoshini qarshilaydi, ammo hamon “Real”ning asosiy futbolchilaridan bo‘lib qolmoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Chelsi Luka Modrich

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing