Chexiyada talaba 14 kishini otib o‘ldirdi

Olam

image

Kecha, 21 dekabr kuni Pragadagi Karl universiteti binolaridan birida otishma yuz berdi. Oqibatda 14 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi yaralandi. Bu haqda BBC xabar berdi. 

Jarohatlanganlarning kamida 9 nafari og‘ir, besh nafari o‘rtacha, 10 nafari esa yengil tan jarohati olgan. 

Chexiya politsiyasi rahbari Martin Vondrashek hujumchining o‘limi o‘z joniga qasd qilish bo‘lishi mumkinligini aytgan, biroq rasmiylar uning politsiya tomonidan otib o‘ldirilgani ehtimolini ham tekshirmoqda.

Otishmani sodir etgan shaxs Devid Kozak bo‘lib, u Karl universitetida tahsil olgan.

Hujumning aniq sabablari hozircha noma’lum. Politsiyaga ko‘ra, otishma uyushtirgan shaxs yana ikki kishining o‘limiga ham javobgar bo‘lishi mumkin: o‘tgan hafta Praga yaqinidagi o‘rmonda o‘ldirilgan erkak va uning go‘dak qizi.

Karl universiteti Chexiyadagi asosiy oliy ta’lim muassasasidir. U 1348 yilda Chexiya qiroli, Lyuksemburg qiroli Karl IV tomonidan asos solingan. Universitetda 50 mingdan ortiq talaba tahsil oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya otishma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing