Chexiyada Rossiyadagi “terrorchi rejim” to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qilindi

Olam

image

Kecha, 15 noyabr kuni kechqurun Chexiya parlamenti deputatlar palatasi Rossiyadagi “terrorchi rejim” to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Chexiya telekanali xabar berdi.  

“Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi rezolyutsiyasiga muvofiq, Chexiya parlamenti deputatlar palatasi Rossiyaning amaldagi rejimini terrorchi deb hisoblaydi”, deya hujjatdan iqtibos keltirdi telekanal. 

Hujjatga 159 deputatdan 129 nafari ovoz berdi. 

Qo‘shimcha qilinishicha, “Ozodlik” va “To‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiya” harakatining barcha 14 nafar vakili, shuningdek, boshqa fraksiyalarning ayrim deputatlari bunga qarshi chiqqan. 

Rezolyutsiyada Rossiyaning "Ukrainaning tinch aholisiga hujumi" va energetika infratuzilmasi ob’ektlari, shuningdek, to‘rtta hududni Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shish bo‘yicha referendumlar qoralanadi. 

Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi avvalroq Rossiya siyosiy partiyalarini “terrorizmga sheriklikda” ayblovchi rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qullagan edi. Rezolyutsiyaning yakuniy matnida ilgari Ukraina va boshqa mamlakatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuz qiluvchi noqonuniy qarorlar uchun ovoz bergan Rossiya siyosiy partiyalarini terrorizmni targ‘ib qiluvchi tashkilotlar deb tan olish taklif qilingan. Alohida-alohida, bunday rezolyutsiya allaqachon Estoniya va Polsha parlamentlari tomonidan qabul qilingan. 

Avvalroq Yevroparlament Rossiya Federatsiyasini terrorchi davlat sifatida tan olish bo‘yicha ovoz berishni e’lon qilgan edi. Yevropa xalq partiyasi yalpi majlisda deputatlar Rossiyani “terrorchi davlat” deb ataydigan rezolyutsiyaga ovoz berish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu 21 noyabr kuni Strasburgda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 11 avgust kuni Latviya Seymining Tashqi ishlar komissiyasi Rossiyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat sifatida tan olgandi. Oktyabr oyi oxirlarida esa Polsha parlamentining yuqori palatasi – Senat Rossiya hukumatini "terrorchi rejim" deb tan olish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. 18 oktyabr kuni esa Estoniya parlamentining deputatlari Rossiyani “terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat” deb e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin terrorchi rejim

Baholaganlar

22

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing