Chexiya Qobuldagi elchixonasini yopadi
Olam
−
03 noyabr 2022 5233 1 daqiqa
Chexiya Afg‘onistondagi xavfsizlik sabab 2023 yil 1 yanvardan boshlab poytaxt Qobuldagi elchixonasini yopishga qaror qildi. Bu haqda Chexiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“TIV Afg‘onistonda xavfsizlikni mustahkamlash istiqbollarini ko‘rmayapti va bu sohadagi vaziyat yomonlashishda davom etmoqda. Mamlakatdagi vaziyat va ikki tomonlama munosabatlarning bugungi darajasini inobatga olgan holda vazirlik elchixonaning yopilishini asosli, deb hisoblaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, Qobuldagi diplomatik vakolatxonaning vazifalari Pokistondagi Chexiya elchixonasiga o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, Praga Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi.
Shahboz Abdusattorov
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust