Meksikada avtomobil muxlislar ustiga bostirib bordi (video)

Sport

image

Meksikaning Kaba-San-Lukas shahrida milliy terma jamoaning Jahon chempionatidagi g‘alabasini nishonlash chog‘ida avtomobil muxlislar ustiga bostirib bordi. Oqibatda 17 kishi jarohat oldi. Bu haqda shahar ma’muriyati xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, jarohatlanganlardan biri reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Avtomobil haydovchisi ham tibbiy yordam ko‘rsatilganlar orasida bo‘lgan va keyinchalik qo‘lga olingan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda avtomobil muxlislar qurshovida harakatlanishga uringani, so‘ng to‘satdan tezlikni oshirib, bir necha kishini urib yuborgani aks etgan. Haydovchi mashinadan tushirilib, kaltaklangani ham aytilmoqda.

Meksika terma jamoasi bugun, 25 iyun kuni Chexiyani 3:0 hisobida mag‘lub etib, guruh bosqichini uchta g‘alaba bilan birinchi o‘rinda yakunlagan edi.

Meksika futbol federatsiyasi jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.

Ma’lumot uchun, Meksika Jahon chempionati “A” guruhida 100 foizlik natija bilan 1-o‘rinda pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Endilikda ular 1/32 bosqichida “S”, “E”, “F”, “H”, “I” guruhlaridagi ehtimoliy 3-o‘rin egalari bilan to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing