Chexiya AQSHdan qiruvchi samolyot sotib oladi

Olam

image

Chexiya hukumati AQSHdan 24 ta F-35 tovushdan tez uchuvchi qiruvchi samolyot sotib olishga qaror qildi. Bu haqda kecha, 27 sentyabr kuni Bosh vazir Petr Fiala matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning tushuntirishicha, birinchi samolyot 2029 yilda tayyor bo‘ladi va chexiyalik uchuvchilar AQSHda mashg‘ulotlarni boshlaydi. 2031 yilda Chexiyaga birinchi qiruvchi samolyotlar keladi va 2035 yilgacha barcha 24 ta samolyot mamlakat armiyasiga topshiriladi. 

“Bu holatda biz armiya tavsiyasiga ko‘ra harakat qilamiz. Hukumat fuqarolarimiz va butun mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashni o‘zining asosiy majburiyatlaridan biri deb biladi. Buning eng yaxshi yo‘li esa armiyamizni modernizatsiya qilish va uni haqiqatda zarur bo‘lgan narsalar bilan ta’minlashdir”, deydi Bosh vazir.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Chexiya F-35

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made