Chexiya “Hizbulloh”ni terroristik tashkilot sifatida tan oldi

Olam

image

Chexiya parlamenti deputatlar palatasi (quyi palata) rezolyutsiya qabul qildi. Unda Livan shialar harakati bo‘lmish “Hizbulloh” terroristik tashkilot sifatida tavsiflandi. Uning siyosiy va harbiy qanotlarga bo‘linishi, hujjatda ta’kidlanganidek, demokratik davlatlarning xavfsizligiga tahdid soladi. Bu haqda “Chexiya radiosi” xabar berdi.

Quyi palata Chexiya hukumatini “Hizbulloh”ni terroristik tashkilot sifatida tan olinishiga Yevropa Ittifoqi darajasida ko‘tarishi lozim, deb hisoblamoqda. Jamiyat hanuzgacha unda siyosiy va harbiy qanotlar mavjudligi konsepsiyasiga amal qiladi. “Hizbulloh”ning faqatgina harbiy qanoti yetti yil oldin Yevropa Ittifoqi tomonidan terroristik tashkilot ro‘yxatiga kiritilgan.

Ayni paytda, deputatlar tomonidan qabul qilingan hujjatda “Hizbulloh”ni terroristik tashkilot deb tan olish Livanga qarshi dushmanlik harakati emasligi ta’kidlangan. Chunki harakat vakillari ushbu mamlakat hukumati tarkibiga kiradi. Parlament a’zolari, shuningdek, respublika hukumatidan Chexiya Respublikasi aholisi, tashkilotlari va korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik taqiqlanadigan terroristik tashkilotlarning ro‘yxati tuziladigan qonun loyihasini tayyorlashni talab qildi.

Ma’lumot o‘rnida, “Hizbulloh”, xususan, AQSH, Kanada, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Argentina, Paragvay va Kolumbiya tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya “Hizbulloh”

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing