Chegaralarda pullik xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida pullik xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida keltirib o‘tilgan. 

Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar ro‘yxati quyidagicha shakllantiriladi.

•  O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan mobil aloqa operatorlari xizmatlari.

•  Ovqatlanish hamda sanitar – gigiyenik xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyat.

•  Boj olinmaydigan savdo do‘konlarida tovarlarning chakana savdosi.

•  Yo‘lovchilar uchun qo‘l aravachalarini ijaraga berish.

•  Yo‘lovchilar va ularning yuklarini o‘tkazish punkti ichida tashish xizmati.

•  Avtomobil o‘tkazish punkti orqali harakatlanayotgan transport vositalariga birinchi texnik (murakkab ta’mirlash ishlari bundan mustasno) xizmatni ko‘rsatish hamda ularni favqulodda evakuatsiya qilish.

•  Hajmi katta bo‘lmagan qo‘l yuklarini saqlab berish (kamera xraneniya).

•  Transport vositalarida tashilayotgan yuklar bilan operatsiyalar amalga oshirish (yuk ortish, tushirish, qayta yuklash).

•  Tarjimonlik xizmati.

•  Yo‘lovchilarni o‘tkazish punkti ichida alohida yo‘laklar (VIP) orqali harakatlanishini tashkil etish.

•  Xizmat ko‘rsatish (yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi va migratsiya blankini to‘ldirib berish, kseronusxa olish, turli kompyuter xizmatlari, faks, internet) xonalari (stol uslug).

•  Taksi chaqirib berish xizmati.

Shuningdek ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan mazkur ro‘yxatda ko‘rsatib o‘tilmagan hamda qonun hujjatlar bilan taqiqlanmagan boshqa pullik xizmatlarni amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur qaror loyihasiga o‘zgartish kiritilishi yoki tasdiqlanmasligi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Chegara pullik xizmat

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing