Chegaradan to‘pponcha va o‘q olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

3-sahifa

image

Qozog‘iston va O‘zbekistonni bog‘lab turuvchi Toshkent viloyatida joylashgan “Yallama” chegara postida pnevmatik qurol va 1 500 dona o‘qni yashirincha olib kirishga uringan fuqaro ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, chegara posti orqali fuqaro boshqaruvida kirib kelgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Ko‘rikda yo‘lovchining shaxsiy buyumlari orasida deklaratsiyada yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 1 dona “Stalker S84” nomli 4 yarim mm kalibrli pnevmatik to‘pponcha va 1 500 dona o‘q borligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasining qurol to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini davlatimiz hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzitini amalga oshirish tegishli organlar ruxsatnomalariga ko‘ra amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida bojxona nazoratidan jangovar o‘q-dori olib o‘tishga uringan Turkiya fuqarosiga hukm o‘qilgandi. Erkak sudda aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan va 10 dona o‘q-dorini poligonda ishlatish uchun sotib olganini, shundan bir donasi sumkasida qolib ketganini, bundan bexabar bo‘lganini bildirgan. Sud hukmi bilan erkak Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, BHMning 100 baravari miqdorida (37,5 mln so‘m) jarima jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Chegara to'pponcha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing