Chegarada bezorlik qilganlar ushlandi

Olam

image

Qirg‘izistonning Panfilov tumanidagi "Chaldovar" nazorat-o‘tkazish punktida bezorilik natijasida uch kishi qo‘lga olindi. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Bezorilik” moddasi bo‘yicha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi  xodimlari va mahalliy aholi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgani sababli jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Chaldovar qishlog‘ida uch nafar fuqaro ushlandi: 29 yoshli B.A., 26 yoshli T.B. va 23 yoshli A.Ch. Ularga nisbatan sud ikki oylik qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi. Ushbu jinoyatda ishtirok etgan boshqa shaxslarni aniqlash uchun bir qator tergov va tezkor choralar ko‘rilmoqda. Sud-tibbiy ekspertizalari tayinlandi", deyiladi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.

"Sudgacha tergov jarayoni davom etmoqda ”,  dedi militsiya bo‘limi xodimi. 

Shu yilning 28 sentyabr kuni Qirig‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasining "Chaldovar-yo‘l" nazorat-o‘tkazish punktida tezkor-qidiruv ishlari davomida mahalliy aholi kaltaklangan.

To‘qnashuvni to‘xtatish uchun chegarachilar havoga o‘q otgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Chegara Choldovar bezorlik

Baholaganlar

26

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing