Chegara yaqinida 12 kishining muzlagan murdasi topildi
Olam
−
03 fevral 2022
29361Turkiyaning Gretsiya bilan chegarasi yaqinida 12 muhojir sovuq sharoitda halok bo‘ldi. Davlatlar fojiada bir-birini ayblamoqda.
Gap shundaki, kecha, 2 fevral kuni Pashako‘y qishlog‘i yaqinidagi (Turkiya shimoli-g‘arbidagi Edirna viloyati) Mandakoru shahrida 11 nafar muzlagan muhojirlar jasadi topilgan edi. Yana biri keyinroq shifoxonada vafot etdi.
Turkiya Gretsiya chegara amaldorlarini guruhni chegaradan ortga qaytishga majburlaganlikda, oqibatda esa ular vafot etganida ayblamoqda. Gretsiya bu da’voni keskin rad etdi.
Ikki O‘rta yer dengizi davlati o‘zlarining umumiy quruqlik va dengiz chegaralarini kesib o‘tgan muhojirlar taqdiri yuzasidan tez-tez to‘qnash kelishadi.
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning da’vo qilishicha, yunon chegarachilari odamlarning kiyimi va poyabzallarini yechib, sovuq havoda ularni qaytarib yuborgan.
Ayni paytda Gretsiya migratsiya vaziri Notis Mitarachi o‘limlar fojia ekanini aytmoqda.
“Bu hodisa ortidagi haqiqat mening hamkasbim tomonidan ilgari surilgan yolg‘on propagandaga o‘xshamaydi”, deydi u.
Sovuqdan muzlab vafot etgan 12 nafar noqonuniy muhojirning jasadi bugun, 3 fevral kuni Gretsiya bilan chegaradosh Edirna viloyatidan Istanbulga yetkazilgan.
Jasadlar topilgan hududdan bugun ham muzlab o‘lgan yana 7 nafar muhojirning jasadi topilgani aytilmoqda. Qayd etilishicha, ularning jasadlari Turkiya sud-tibbiy ekspertizasi yetkaziladi.
LiveBarchasi