Chechenistonlik ikki muhojir hibsga olindi. Ular iyundagi tartibsizliklarda ayblanmoqda

Olam

image

Fransiya prokuraturasi joriy yilning oyida Dijon shahrida Shimoliy Afrika jamoatchiligi va Chechen diasporasi vakillari ishtirokida yuz bergan tartibsizliklar yuzasidan Chechenistondan kelgan ikki muhojirga qarshi ayblov e’lon qildi. Bu haqda shahar prokurori Erik Mate bayonotida aytilgan. 

Ularning 30 yoshli erkak ekani aniqlandi. Ular Lion va Parij shaharlari hududida qo‘lga olingan.  

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlarga jinoyat kodeksining ikki moddasi – zo‘ravonlik va jinoiy til biriktirish moddalari bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Ayblanuvchi sud qaroriga qadar hibsda saqlanadi. 

12 iyun kuni kelib chiqishi shimoliy afrikaliklarga borib taqaluvchi mahalliy aholi va chechen millatiga mansub aholi o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Bu Gresil kvartalida 16 yoshli chechenning kaltaklanishidan so‘ng boshlandi. 13 iyunga o‘tar kechasi pichoqlar bilan qurollangan 100 ga yaqin kishi mahalliy chilimxonani vayron qildi. Bunga javoban tumanning ba’zi aholisi ko‘chalarda qo‘riqchilik qilishni tashkillashtirdi, chechenlarga nisbatan tahdidlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘la boshladi. Keyingi uch kun ichida guruhlar ochiq to‘qnashuvlarga kirishdi. Video-kuzatuv kameralari yo‘q qilindi, avtomobillar va axlat qutilari yoqildi.

Tartibsizliklardan so‘ng Chechenistondan kelgan olti nafar muhojir ushlandi va zo‘ravonlik, zarar yetkazish hamda uyushgan guruh tarkibida odam olib o‘ldirish ayblovlari bo‘yicha tergov boshlandi. 

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning fikriga ko‘ra, Fransiyaning Dijon shahrida mahalliy aholi vakillari ishtirokidagi mojaro mahalliy hokimiyat idoralarining narkotiklarni noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda tartibni tiklay olmaganligi bilan bog‘liq. Chechenistonda tug‘ilganlar mojaroda vatandoshlarini himoya qilishdi, dedi Qodirov.

"Mahalliy hokimiyat giyohvand moddalarni noqonuniy sotuvchilarni tartibga sola olmadi, shundan keyin yosh avlod vaziyatni o‘z nazoratiga oldi. Shaxsan mening fikrimcha, men chechenlarning xatti-harakatlarini to‘g‘ri deb bilaman ", deb yozadi u Telegram’dagi sahifasida.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Parij Dijon

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing