Chechenistonda Putin nomidagi universitetga dron hujum qildi
Olam
−
29 Oktabr
7385Chechenistonning Gudermes shahrida dron hujumi oqibatida Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti hududidagi bo‘sh turgan binoning tomi yonib ketdi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi.
“Yong‘in o‘chirilgan, qurbonlar yo‘q. Chechenistondagi nishonlarga uchuvchisiz samolyotlar tomonidan hujum qilingani haqida avvalroq xabarlar bo‘lmagan. Binoga 6:30 da hujum qilingan. Rossiya maxsus kuchlari universiteti faoliyati to‘xtatilmadi.Tergov organlari hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab, jinoyatga aloqador shaxslarni aniqlashga kirishdi”, dedi Qodirov.
Rossiya maxsus kuchlari universiteti maxsus kuchlar uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha Rossiyadagi birinchi va yagona xususiy ta’lim muassasasidir. U 2013 yilda tashkil etilgan.2024 yil fevralida Qodirov maxsus kuchlar universitetiga Prezident Putin nomi berilishini e’lon qilgan edi. Universitet 400 gektardan ortiq maydonni egallaydi va 95 ta bino va inshootlardan iborat ko‘p funksiyali majmua, jumladan, taktik shahar, otishma majmuasi, 2 gektar maydonli suv ombori va 1600 m uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagini o‘z ichiga oladi.
“2022 yildan buyon maxsus harbiy operatsiyada qatnashgan yoki qatnashayotgan 47 mingdan ortiq mutaxassis Rossiya maxsus kuchlari universitetida o‘qitildi”, deyiladi Kreml saytidagi xabarda.
Mudofaa vazirligi 29 oktyabrga o‘tar kechasi yettita dron yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Dronlar Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlari, shuningdek, Qora dengiz ustida yo‘q qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Voronej viloyatida 27 oktyabr kuni tunda dronlar ikkita korxonaga hujum qilgan, ulardan birida ikki xodim jarohatlangandi. Rossiya qo‘shinlarining kecha, 28 oktyabr kuni kechki payt Ukrainaning Xarkov shahri markaziga uyushtirgan havo hujumi vaqtida esa Gosprom binosiga – milliy ahamiyatga ega yodgorlikka, konstruktivizm uslubidagi me’moriy ansamblga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berildi.
LiveBarchasi