Checheniston politsiyasi Qodirovning o‘g‘liga nisbatan jinoiy ish ochilmasligiga sabab topdi

Olam

image

Grozniy shahar politsiyasi Qur’onni yoqib yuborgan shaxsning Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam tomonidan kaltaklanishi bo‘yicha jinoiy ish ochishdan bosh tortdi.

Bunga Qodirovning o‘g‘li 15 yoshda ekanligi va jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagani sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “Baza” Telegram-kanali.

“Tekshiruv Grozniy shahrining Ahmat tumani 1-sonli politsiya bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan va jarayon Checheniston prokuraturasi nazorati ostida bo‘lgan”, deyiladi bu haqdagi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov Qur’onni yoqib yuborgani uchun hibsga olingan 19 yoshli Nikita Juravelni tergov izolyatorida kaltaklagan edi. 

25 sentyabr kuni Ramzan Qodirovning Telegram-kanalida Juravelning kaltaklangani aks etgan video e’lon qilingan. Checheniston rahbari videoga bergan izohida Adamning harakatidan faxrlanishini yozgan. 

Shundan so‘ng, Juravel Rossiyadagi inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) Tatyana Moskalkovaga mazkur holat yuzasidan murojaat yo‘llagan.

“Menga Grozniydagi tergov izolyatorida saqlanayotgan ayblanuvchi Nikita Juraveldan murojaat kelib tushdi. Unga ko‘ra, Checheniston rahbarining o‘g‘li Adam Qodirov tergov izolyatoriga tashrifi chog‘ida uni kaltaklagan. Juravel Chechenistondagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Mansur Soltayevdan o‘z vakolatlari doirasida ushbu ish bo‘yicha tergov o‘tkazishni so‘ramoqda”, degan Moskalkova.

Gap shundaki, joriy yilning 22 may kuni Volgograd sudi 19 yoshli Nikita Juravelni Islom dinining muqaddas kitobini yoqib yuborganlikda ayblab, ikki oyga hibsga olgan. Shundan so‘ng RIA Novosti tegishli videoni chop etgan, unda Volgograd fuqarosi dunyo musulmonlaridan uzr so‘ragan va Qur’onni yoqish “juda yomon ish” ekanini aytgan. 

Shuningdek, so‘roq paytida Juravel “Ukraina maxsus xizmatlarining ko‘rsatmasi bilan 10 ming rubl evaziga” Qur’onni yoqib yuborganini va harakat protokolini Ukraina xavfsizlik xizmati xodimiga topshirganini aytgan. Biroq keyinchalik ish Chechenistonga o‘tkazilgan va ayblanuvchi Grozniyga olib ketilgan.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Checheniston jinoiy ish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing