Chavusho‘g‘li Erdo‘g‘an Samarqandda Bashar Asad bilan uchrashishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Olam

image

Avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning sentyabr oyi o‘rtalarida Samarqandda o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan uchrashishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li OAVda tarqalgan ma’lumotlarni rad etdi. Vazirga ko‘ra, Erdo‘g‘an va Asad SHHT sammiti doirasida uchrashmaydi.

“SHHT sammitida bunday uchrashuv bo‘lib o‘tishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Asad u yerga taklif qilinmagan”, degan vazir “Haber Global” telekanaliga bergan intervyusida.

Qayd  etish kerakki, arab, eroniy va turk nashrlarida Erdo‘g‘an Samarqanddagi sammitda Asad bilan uchrashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

SHHT sammitiga mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston tomoni esa hodisa yuzasidan hech qanday ma’lumot bermadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Bashar Asad

Baholaganlar

370

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing