Chavusho‘g‘li Afg‘oniston bo‘yicha konferensiya natijalarini yuqori baholadi

Olam

image

Bugun, 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” muloqot formatining birinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda qayd etilishicha, O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari ikki mamlakat rahbarlari – Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qat’iyati va ishonchli muloqoti tufayli yuksak o‘sish sur’atini namoyon etib, yangi amaliy mazmun bilan boyib bormoqda. 

Muloqotda o‘zaro savdo hajmini oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish,  madaniy-gumanitar va turizm almashinuvlarini kengaytirish yuzasidan oliy darajada erilishilgan kelishuvlar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. 

O‘zbekiston va Turkiyaning xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligi ta’kidlandi. 

Dunyodagi va mintadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Turkiya delegatsiyasi Toshkent shahrida Afg‘oniston bo‘yicha bo‘lib o‘tgan konferensiya natijalarini yuqori baholadi. Afg‘oniston yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish va bu mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatishga ikki tomon ham tayyorligi e’tirof etildi. 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Toshkent shahrida tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar rahbarlari ishtirokida “O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish muhim ahamkyatga egaligini e’tirof etdi.  

Ikki va ko‘p tomonlama darajada rejalashtirilgan tadbirlar, shu jumladan, Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga tayyorgarlikning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Vladimir Norov Mavlud Chavusho'g'li

Baholaganlar

16

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing