ChatGPT kirish imtixonida eng yuqori ballni to‘pladi
Olam
−
22 yanvar 2356 2 daqiqa
Amerikaning OpenAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ChatGPT chatboti Yaponiya universitetiga kirish imtihonida to‘qqizta fan bo‘yicha maksimal ball oldi. Bu haqda SI tizimlarini taqqoslagan LifePrompt kompaniyasi hisobotida qayd etilgan.
Tadqiqot davomida ChatGPT, Gemini va Claude Opus SI modellari o‘zaro taqqoslangan. Natijalarga ko‘ra, ChatGPT 15 ta fan ichida 9 tasi bo‘yicha eng yuqori ballni to‘plagan. ChatGPT bergan javoblarning o‘rtacha aniqligi 97 foizni tashkil etgan. Eng yuqori ko‘rsatkichlar matematika, informatika, kimyo, fizika, biologiya asoslari, shuningdek siyosat va iqtisodiyot yo‘nalishlarida qayd etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Anthropic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Claude Opus modeli uchta fandan maksimal ball olgan. Google’ning Gemini modeli esa ikkita fan bo‘yicha yaxshi natija ko‘rsatgan.
ChatGPT yapon tili fanidan eng past natijani qayd etgan. Uning to‘g‘ri javoblar ulushi 90 foizni tashkil etgan. Tadqiqotchilar bu holatni adabiy matnlarda qahramonlarning hissiy holati va xatti-harakat motivatsiyasini talqin qilishdagi murakkabliklar bilan izohlagan.
Ma’lumot uchun, LifePrompt kompaniyasi to‘rt yildan beri imtihon topshiriqlari asosidagi tajribalarni o‘tkazib keladi. 2024 yilda ChatGPT savollarning o‘rtacha 66 foiziga to‘g‘ri javob bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI ChatGPT’da reklama joylashtirilishini e’lon qilgandi. Sinovlar yaqin haftalarda AQSHda bepul versiya va ChatGPT Go (oyiga 8 dollar) tarifidagi foydalanuvchilar uchun boshlanadi.
Live
Barchasi