ChatGPT ixtirochilari maxfiy loyiha ustida ishlamoqda
Texnologiya
−
13 iyul
6784ChatGPT chatbotini ixtiro qilgan OpenAI hozirda yangi Strawberry loyihasi ustida ishlamoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Strawberry nafaqat foydalanuvchi savollariga javoblar yaratish, balki turli o‘zaro ta’sir ssenariylarini oldindan rejalashtirish va internetda topilgan ma’lumotlardan samaraliroq foydalanishni o‘rgatmoqchi. Ilgari sun’iy intellekt modellari buni amalga oshirishga qodir emas edi.
“Reuters” manbasiga ko‘ra, OpenAI Strawberry modelini uzoq vaqt davomida harakatlarni oldindan rejalashtirishni talab qiladigan murakkab vazifalarni bajarishga "o‘rgatish" niyatida.
Qayd etilishicha, OpenAI o‘zining modellari "dunyoni biz kabi ko‘rishi va tushunishini" xohlaydi. G‘oya sun’iy intellektga “odamga o‘xshash fikr yuritish ko‘nikmalarini” singdirishdan iborat.
“Bu sun’iy intellektning inson yoki hatto g‘ayritabiiy intellekt darajasiga erishish uchun kalit bo‘lib, bu unga ilmiy kashfiyotlar qilish yoki yangi dasturiy ilovalarni rejalashtirish qobiliyatini beradi”, deydi “Reuters” bilan suhbatlashgan ekspertlar.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi