Charter reyslarda epidemiologik xavfsizlik qanday ta’minlanadi?
Jamiyat
−
16 may 2020
6378
Xabaringiz bor, joriy yilning 24 mayigacha xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun o‘ndan ortiq charter reyslar tashkil qilinishi belgilangan. Reyslar uchun chiptalarning narxi ham e’lon qilindi.
QALAMPIR.UZ muxbiri qo‘yilgan charter reyslarida yo‘lga qo‘yilgan epidemiologik xavfsizlik yuzasidan Transport vazirligi Matbuot xizmati rahbari Navruz Ashurmatov bilan suhbatlashdi.
"Avvalambor, ushbu kasallikni yuqtirib olish xavfi mavjud ekanligini har bir fuqaro o‘zi anglab yetishi kerak. Mana shu kasallikni yuqtirib olmaslik bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilayotgan tavsiyalarga qat’iy amal qilgan holda harakat qilishlari lozim. Bunda birinchi navbatda qo‘llarida qo‘lqoplar bo‘lishi va tibbiy niqoblar taqilgan holatda harakatlanishlari lozim. Mana shu belgilangan tartibda qo‘llariga antiseptik vositalari yordamida ishlov berib borishi lozim bo‘ladi.
Chet eldan olib kelinayotgan fuqarolarimiz orasida koronavirus infeksiyasini bortda kelayotgan boshqa fuqaroga tarqab ketmasligini oldini olish maqsadida har bir yuborilayotgan samolyot maxsus vositalar bilan ishlov berilib, sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilgan holatda olib kelish jarayoni tashkil qilinmoqda. Bunda ekipaj a’zolari ham belgilangan tartib asosida harakat qiladi. Ularni hammasi maxsus kombinezonlar va himoya niqoblarida harakatlanishadi.
Olib kelingan fuqarolarni 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantinga olinishi ham bejiz emas. Sababi 14 kunlik karantin muddatida aniq bo‘ladi hammasi", deydi Ashurmatov.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 may kuni Malayziya va Singapurdan 237 nafar o‘zbekistonlik charter reys orqali olib kelindi. Ularning barchasi 14 kun muddatga karantinga olindi.
LiveBarchasi