Chang-to‘zon ko‘tariladi – O‘zgidromet
Bu qiziq
−
10:39 1703 1 daqiqa
Bugun, 15 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kunduz kuni Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 9-14 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, poytaxtda shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda dam olish kunlari issiq ob-havo saqlanib turishi haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, kunduzgi havo harorati 37-40 daraja atrofida, janub va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida 41-43 darajagacha bo‘ladi.