Chaqmoq urishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Bangladeshda ikki soatdan kamroq vaqt davomida chaqmoq urishi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sakshipost” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bangladeshning Sunamganj, Maulvibazar va Silxet tumanlarida joylashgan turli okruglarda yakshanba kuni kuchli yomg‘ir sodir bo‘lgan. Yomg‘ir paytida mahalliy vaqt bilan soat 10:00 dan 11:00 gacha chaqmoq chaqish holati kuzatilgan. Ayni shu vaqt oralig‘ida o‘lim holatlari qayd etilgan. Chaqmoq urishi oqibatida vafot etganlarning aksariyati dalada ishlayotgan qishloq aholisi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, yilning bu vaqtida Bangladeshda quruq va yomg‘irli davrlar almashinadi, shu bois kuchli chaqmoq urishi kuzatiladi. Oqibatda o‘lim holatlari ham tez-tez uchraydi. So‘nggi bir necha yilda bu zich joylashgan Janubiy Osiyo davlatida har yili chaqmoq urishi oqibatida yuzlab o‘lim holatlari qayd etilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bangladesh chaqmoq urishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing