Chaqalog‘ini 3 xonali uyga almashayotgan ayol ushlandi
Jamiyat
−
28 may 2020
9328Joriy yilning 23 may kuni Navoiy viloyatida o‘z bolasini uch xonali kvartiraga almashtirishga uringan ayol va uning otasi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyati hokimligi xabar berdi.
Navoiy viloyatida ijarada turadigan 1987 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan Z.O ismli ayol o‘z bolasini sotayotgan paytda ushlandi huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ushlandi.
Ayol 2020 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini taxminiy bahosi 250 million so‘m turadigan uch xonali kvartiraga almashtirayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, Z.O bu ishni 1951 yilda tug‘ilgan otasi hamkorligida amalga oshirishga uringan.
Avvalroq, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda bola savdosining oldi olingani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi