Bo‘zsuv kanaliga tekstil korxonalari bo‘yoq qoldiqlarini oqizmoqda (video)

3-sahifa

image

Kecha, 28 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘zsuv kanalining Toshkent viloyati, aniqrog‘i O‘rikzor bozoridan oqib o‘tgan hududiga yaqin qismida rangli suvlar oqizilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ munosabat bildirdi.

Korxonaga ko‘ra, ushbu mavzu bugun paydo bo‘lib qolmagan. Toshkent shahridan chiqayotgan oqova, ya’ni kanalizatsiya suvlarini tozalovchi 3 ta inshoot mavjud. Ular aholidan kelayotgan maishiy, ya’ni oshxona, hammom, hojatxona suvlarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, biologik usulda tozalash texnika va texnologiyalari bilan jihozlangan. Bunda aynan kimyoviy tashlamalarni birlamchi korxonalar tozalashi nazarda tutilgan. 

Biroq tadbirkorlik va ishlab chiqarish jarayonlarining rivojlanishi va ulardan kanalizatsiyaga tashlanayotgan turli kimyoviy chiqindilar hamda tekstil korxonalardan chiqayotgan bo‘yoq qoldiqlari, ya’ni rangli suvlar inshootlarning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Aslida belgilangan me’yorga ko‘ra, har bir ishlab chiqaruvchi korxonada lokal inshoot bo‘lishi talab etiladi. Ushbu birlamchi inshootlar korxonadan chiqayotgan kimyoviy chiqindilarni tozalashi lozim. 

Ammo bunday inshootlarning ekspluatatsiyasi qimmatga tushgani bois, ba’zi ishlab chiqaruvchilar korxonadan chiqqan oqova suvlarni kanalizatsiyaga oqizib yuborishni afzal ko‘rmoqda.

“Siz tasvirda ko‘rayotganingiz turli rangli oqova suvlar tekstil korxonalaridan chiqmoqda. Tozalash inshooti ranglar va kimyoviy tashlamalarni ajratib ololmaydi. Respublikamizdagi barcha ishlab chiqarish korxonalaridan bu kabi oqova suvlarni kanalizatsiya tarmoqlariga yoki tabiatga yo‘naltirmasliklarini, bu kabi xatti-harakatlari nafaqat ishlab chiqarish, jamiyat yoki tabiat me’yorlariga, balki insoniylik prinsiplariga ham to‘g‘ri kelmasligini eslatib o‘tamiz!” deyiladi munosabatda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bo‘zsuv kanalining Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismiga sanoat va maishiy chiqindilar tashlanishi, sanitariya-muhofaza zonalariga o‘zboshimchalik bilan qurilmalar qurish kabi ko‘plab qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilndi.


Maqola muallifi

Teglar

Bo'zsuv bo'yoq qoldiqlari tekstil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing