Bo‘zsuvda oqib ketgan ikkinchi bolaning ham jasadi topildi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalida 10 va 8 yoshli bolalar oqib ketgani, ulardan birining jasadi topilgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, kanalda oqib ketgan ikkinchi bolaning ham topilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 22 iyun kuni soat 16:50 da Toshkent viloyati FVBB g‘avvos-qutqaruvchilari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida ikkinchi bolaning jasadi ham topilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 iyun kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Obod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi 2016 hamda 2018 yilda tug‘ilgan ikki nafar voyaga yetmagan bola yashash uyining pastki qismidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanaliga ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgani to‘g‘risida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari oqibatida g‘avvos-qutqaruvchilar tomonidan kecha, 21 iyun kuni suvdan bir nafar bolaning jasadi topilgan.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing