Buzrukka nisbatan ochilgan jinoyat ishi ham sudda ko‘rib chiqilmoqda

3-sahifa

image

O‘tgan yil oxirida O‘zbekiston bo‘ylab kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar davomida poytaxt Toshkentda “Buzruk” nomi bilan tanilgan Buzruk Akmalovich Buzrukov qo‘lga olingandi. Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida ko‘rib chiqilyapti. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Buzruk Akmalovich Buzrukov Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi a-bandi (Tovlamachilik), 168-modda 3-qismi b-bandi (Firibgarlik), 168-modda 4-qismi a-bandi (Firibgarlik), 277-modda 3-qismi a-bandi (Bezorilik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. 

Shuningdek, Doniyor Diyxanovich Ibragimov Jinoyat kodeksining 139-modda 3-qismi a-bandi, g-bandi (Tuhmat), 165-modda 3-qismi a-bandi (Tovlamachilik), 237-modda 2-qismi a-bandi, b-bandi, g- bandi (Yolg‘on xabar berish), 238-modda 3-qismi b-bandi (Yolg‘on guvohlik berish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. 

Sud jarayoni 7 may kuni boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Baxti Tashkentskiy” va unga aloqador bo‘lgan 30 dan ortiq kishiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish tergovi tugatilib, ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Sud Buzruk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made